Vels Universitetining (UoW) talabasi boʻlib yurgan kezlarimdayoq meni marketing soxasi oʻziga jalb qilib kelgan. Korzinka.uz tarmogʻi esa Oʻzbekistondagi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan marketingning yorqin misoli boʻlganligi sababli, men oʻylab xam oʻtirmay aynan shu korxonaga oʻqishdan boʻsh vaqtimni samarali oʻtkazish uchun, marketing boʻlimi rahbarining yordamchisi lavozimida ishlay boshladim. Ishimning ilk kunlaridanoq biznesga boʻlgan oʻzgacha yondashuv va korxonaning qadriyatlari, xamda Alisher Kamilevich Xashimovning moxirona olib borgan muzokaralaridagi ishtirokim meni ilxomlantirib keldi. Biznesdagi ilk ustozlarim koʻmagida men ish yuritishni oʻrganib borish bilan bir qatorda yuridik savodxonligimni xam oʻstirib bordim.

Sekin-asta ishimga xamda ishimning oʻziga xos xususiyatlariga shoʻngʻib borar ekanman, ish samadorligini oshirish imkonini beruvchi gʻoyalarimni taklif etib, mavjud biznes jarayonlarini oqilona tashkil etib borishga xarakat qildim. Shu yoʻsinda, gʻoyalarimdan biri 2012 yilning eng yaxshi gʻoyasi deb tan olindi. Gʻoyam, amaldagi gril tovuqlariga boʻlgan navbatning soddalashtirilishi bilan bogʻliq boʻlib, yaʼni mavjud qoʻlda qayd etib borish orqali yuritib kelinayotgan navbatni avtomatlashtirish bilan bogʻliq edi.

2014 yilda tajriba almashish va eng ilgʻor xisoblanuvchi chakana savdo tarmoqlarida oʻrnatilgan standartlar xamda innovatsiyalar bilan yanada yaqinroq tanishish uchun AQSHga talabalik dasturi yordamida joʻnab kettim. Tarmogʻimizning yanada dinamik rivojlanishi yoʻlida qoʻllash uchun, u yerdagi xar bir qiziqarli gʻoyani va muvaffaqiyatli biznes yechimlarni esa qayd etib qayd etib keldim. Bu gʻoyalardan tarmogʻimizda xayotga tadbiq etilgan qator loyixalarni amalga oshirish jarayonida foydalandim.

Qaytib kelgach, men tijorat boʻlimiga oʻtib, reklama maydonchalarining taqsimoti bilan shugʻullanar ekanman, chet elda orttirib kelgan tajriba va malakam ishimda qoʻl kelganidan juda xam mamnun boʻldim. Chunki bu mavjud resurslardan yanada oqilona foydalanish imkoniyatini berdi.

Oʻtgan yil davomida, boʻlimimizda barcha sifat koʻrsatkichlarini saqlagan xolda, belgilangan vazifalarni yanada samarali va qisqa muddatlarda bajarish imkonini beruvchi qator isloxotlar oʻtkazildi. Va bu isloxotlar jarayonida men korzinka.uz va smart loyixalarining brend menedjeri etib tayinlandim.

Chakana savdo soxasi Oʻzbekistonda ancha yosh va shu bilan birgalikda shiddat bilan rivojlanib kelayotgan soxadir. Shuning uchun xam rivojlanib borayotgan soxa bilan birgalikda qadam tashlab borish uchun koʻp oʻqib-oʻrganib borish zarur boʻlmoqda. Bu esa menga juda xam yoqadi. Jamoamizning inoqligi va kuchli korporativ ruhini qadrlayman. Ustozlarim va rahbarlarim meni va xamkasblarimni kundan-kunga ilhomlantirib kelishmoqda.

Meni ilxomlantiruvchi va quvvat bagʻishlovchi, erishilgan natijalar qadrlanuvchi, doʻstlarim davrasida, oʻzimni katta bir jamoaning xamda oilaning toʻlaqonli aʼzosi ekanimni xis qilib ishlar ekanman, qatʼiy ishonch bilan, umumiy ishimizning rivojlanishi yoʻlida oʻzimda mavjud imkoniyatlarni toʻlaqonli xayotga tadbiq eta oladigan va orzu qilganimdagidek ishni topganman deb ayta olaman.