Xizmat vazifalari:

  • Siz - do‘kon menejerining o‘ng qo‘li hisoblanasiz va butun savdo zali (mijozlar, xodimlar, tovarlar, bo‘limlar, ombor va savdo jarayoni);
  • Do‘kon xodimlari jamoasini (sotuvchilar, kassirlar, farroshlar) boshqarish (o‘qitib-o‘rgatish, ishini nazorat qilish, baholash, ko‘maklashish va hokazo);
  • Do‘kondagi xo‘jalik ishlari (jihozlash, AXB va boshqalar) sizning mas'ulligingiz ostida yuritiladi. Savdo va ombor hududini tashkil etish, xodimlarni ish, mijozlarni esa xaridlar uchun zarur vositalar bilan ta'minlash.

Talablari:

  • Jamoani boshqarish bo‘yicha har qanday tajriba va yetakchilik qobiliyatlariga ega;
  •  Ijobiy aloqalar, hissiyotlarni boshqara olish, tashkilotchilik qobiliyatiga ega va xodimlar, jarayonni nazorat qila oladigan hamkasbni ko‘rishni istaymiz;
  • Sizning B2C savdosi, riteyl, ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona biznesida tajribangiz bo‘lsa, nur ustiga nur.

Biz taklif etamiz:

  • Rasmiy ish joyi (xodimlar uchun barcha ijtimoiy imtiyozlar bilan: mehnat ta'tili, kasallik, tug‘ruq ta'tili va hokazo);
  • Barqaror kompaniya (25 yillik tarixga ega), o‘z vaqtida beriladigan maosh (jarimalarsiz, ha, bizda jarimalar yo‘q :)
  • Belgilangan maosh qismi + do‘kon jamoasi bilan rejani bajarganlik uchun bonuslar;
  • 8 - soatlik smenalar, smenali grafik. Supervayzerdan har qanday grafikda ishlashga shaylik talab etiladi;
  • O‘qitish, ish jarayonlarini tushuntirish (sinov davrida). Tajribali murabbiyga biriktirish va ish asoslarini o‘rgatish, shuningdek, individual amaliyot rejasini ishlab chiqamiz;
  • Ovqatlanish va o‘qib-o‘rganish xarajatlari kompaniya tomonidan qoplanadi;
  • Aniq ish standartlari, belgilangan jarayonlar, xalqaro kasbiy faoliyat darajasi;
  • Kompaniyada qo‘shimcha to‘lovlar va kompaniya xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish tizimi (moddiy yordam, yillik bonus, xodimlarning OTM shartnoma pulini to‘lab berish va boshqalar) mavjud.

    Аgar sizni ushbu bo‘sh ish o‘rni qiziqtirsa, rezyumengizni yuboring yoki saytdagi so‘rovnomani to‘ldiring.