Xizmat vazifalari:

  • serverlar va ishchi stansiyalarga operatsion tizimlarini va ish uchun zarur dasturiy taʼminotni oʻrnatadi;
  • serverlar va ishchi stansiyalarga dasturiy taʼminot konfiguratsiyasini oʻrnatadi;
  • serverlar va ishchi stansiyalar dasturiy taʼminotini holatini ishga yaroqli holatda ushlab turadi; 
  • lokal tarmoq va pochta serveri foydalanuvchilarini qayd etadi, identifikatorlar va parollarni belgilaydi; 
  • foydalanuvchilar va dasturiy taʼminot xatolarini aniqlaydi va ularni tuzatish boʻyicha choralarni qabul qiladi; 
  • tarmoq monitoringini oʻtkazadi, tarmoq infrastrukturasini rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi; 
  • tarmoq xavfsizligi (axborotga ruxsatsiz kirish, koʻrib chiqish yoki tizimli fayllar va maʼluomtlarni oʻzgartirishdan himoya), tarmoqlararo oʻzaro aloqa xavfsizligini taʼminlaydi;
  • tarmoq uskunasini xarid qilib olish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi.

Talablari:

  • xoʻjalik tarmogʻi korxonasining tegishli profilida rahbarlik lavozimlarida ixtisosligi boʻyicha kamida 2 yillik ish staji;
  •  stressga chidamlilik;
  • Lokal hisoblash tarmoqlari uskunasi, ofis texnikasi, serverlar va shaxsiy kompyuterlarni texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari, konstruktiv oʻziga xos xususiyatlari, ishlash rejimlari, belgilanishi, texnikaviy tavsifnomalari; 
  • Lokal hisoblash tarmoqlarining apparat va dasturiy taʼminoti;
  • Shaxsiy kompyuterlar va ofis texnikasini taʼmirlash ishining tamoyillari.

Biz taklif etamiz:

  • Ijtimoiy paket;
  • Kasbiy oʻsish imkoniyati;
  • Korporativ oʻqitish va treninglar;
  • Inoq va jipslashgan jamoa;
  • OʻzR Mehnat kodeksiga binoan rasmiy ishga joylashtirish.