Korzinkada ishlash –
o‘xshagan ish demak!
Biz oilamiz, barcha a'zolarimizni umumiy maqsad – o‘xshagan ish birlashtiradi.
Biz tom ma'noda oziq-ovqat bilan, majoziy ma'noda esa zavq va vazifalarimizni sevish bilan ishlaymiz.
Bunda qadriyatlar bizga yordam beradi. Taomlarga masalliqlarni birma-bir qo'shganimiz kabi, biz ularni ish jarayonlariga oqilona qo'shib boramiz.
Taom pishirishda ziravorlar retsept bo'yicha emas, balki ta'mga qarab qo'shiladi. Kimdir o‘tkirroq taomlarni yaxshi ko'radi, kimdir esa ko'proq tuzlisini hush ko‘radi. Turli ta’b va istaklarga ega mehmonlarimiz taomimizni munosib baxolashlari uchun har doim ularning ta'bini hisobga olishimiz kerak. Mijozlar bilan ishlashda ham xuddi shunday - biz har bir mijozga individual yondashuv topamiz, uning ehtiyojlarini qondirishga harakat qilamiz.
Yaxshi oshpaz har doim mahoratda boshqalardan ustun turishga harakat qiladi. U hatto o'zidan boshqalardan ham o'zib ketishga intiladi. U yangi retseptlarni sinab ko'radi, eskilarini yaxshilaydi, har bir taomni mukammallikka olib keladi. Ishda ham xuddi shunday - biz mehmonlarimizni xursand qilishda davom etish uchun doimo o'z mahoratimizni rivojlantiramiz va takomillashtiramiz.
Ko‘pgina taomlarni olovsiz pishirib bo‘lmaydi.U masalliqlarni mazali taomga aylantiradi, uni issiq va hushbo‘y qiladi. Shuningdek, ish bilan xam shunday - ko'zlarda olov bo‘lmasa har qanday vazifa og'ir bo'ladi. Ishingiz zavq keltirishi uchun faqat ichki alangamiz, daxldorligimiz tufayli biz ajoyib natijalarga erisha olamiz.
Shaffof suv – deyarli barcha taomlarning asosidir. U masalliqlarni bir taomga birlashtiradi hamda, taomning mazasiga haqiqiy baho berishga yordam beradi. Shuningdek, ishda ham – jamoada, mijozlar bilan muloqoda shaffoflik qulay va ishonchli muhit yaratadi
Hatto eng oddiy taomni achchiq soya, o‘tkir chili yoki xushbo'y adjika qo'shib yaxshiroq qilish mumkin. Asosiysi, ta'mlar bilan tajriba qilishdan qo'rqmaslik, keyin odatdagi taomlar eng qiziqarli tomonlardan ochiladi. Ishdagi innovatsiyalar bilan ham xuddi shunday. Biz yangi usullarga ochiqmiz va ishni yanada qulay va samaraliroq qiladigan texnologiyalarga intilamiz.
Qadriyatlarimiz bizga ishimizda qanday yordam berishi haqida ko'proq bilib oling
