Shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazdik

25 may 2023
2023-yil 20-may kuni biz xodimlarimiz uchun maxsus turnir – shaxmat bo‘yicha Korzinka kubogini boshladik. Korporativ turnir kompaniyaning bosh ofisida, xalqaro FIDE qoidalariga rioya qilgan ravishda bo‘lib o‘tdi. Turnirda kompaniyamizning har xil bo‘limlaridan jami 120 nafar xodim ishtirok etdi.
Shaxmat taxtasidagi uchrashuvlar jamoaviy ruhni mustahkamlashga faol hissa qo‘shdi va xodimlarga boshqa bo‘lim xodimlari bilan yaqinroq tanishishga yordam berdi. Turni shiori esa “Mahorat, strategiya, ilg‘orlik” kompaniyamiz qadriyatlarida o‘z ifodasini topdi.
Turnirning ishtirokchisi sotuvchi-maslahatchi va kumush medal sovrindori Xusan Rasulov o‘z taassurotlari bilan bo'lishdi: “Ushbu shaxmat turnirida ishtirok etganimdan juda xursand bo‘ldim. Bu men uchun shaxmatning ashaddiy ishqibozi sifatida o‘z mahoratimni namoyon etishim uchun ajoyib imkoniyatdir. Bizning kompaniyamiz sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va xodimlarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun e’tirofga loyiqdir."
Korzinkada haqiqiy shaxmat daholari borligini isbotlagan shaxmatchilarimiz bilan faxrlanamiz.

Shuningdek o’qing

Do'kon menejerlari uchun timbilding o'tkazildi
21 fevral 2023
Birinchi Korzinka Biznes do'konini ochdik
16 fevral 2023
Eng yaxshi CEO
31 dekabr 2022