Do'kon menejerlari uchun timbilding o'tkazildi

21 fevral 2023
Dam olish kunlari Korzinka do'konlarining barcha rahbarlari uchun yorqin taassurotlarga boy bo'ldi. Ular uchun biz "Layner" tog' kurortida  katta timbilding tashkil qildik. Jamoani yanada mustahkamlash, o‘zaro hamkorlik qilish va do‘konlarni boshqarish bo‘yicha ko‘proq amaliy bilim olish maqsadida tadbirda 140 dan ortiq menejerlar ishtirok etdi.
BTR_7437.JPG
Dastlab, tarmoq do'konlarini operatsion boshqarish bo‘limi rahbari Anastasiya Kulakovskaya va savdo bo‘limi boshlig‘i Obid Rahmatovlar 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida so‘zlab, bu yilgi rejalar bilan o‘rtoqlashishdi. Shuningdek, korporativ psixolog va o‘quv markazi mutaxassislari tomonidan bir qator foydali treninglar o‘tkazildi.
BTR_8131.JPG
Barcha rahbarlar uchun timbilding norasmiy sharoitda tajriba almashish, ko‘plab yangi g‘oyalar va amaliyotlarni topish uchun ajoyib imkoniyatga aylandi. U nafaqat savdo guruhidagi o'zaro munosabatlarni yaxshiladi, balki xodimlarga qishki tog'larning go'zalligidan juda ko'p ijobiy his-tuyg'ular olishga imkon berdi.
BTR_8289.JPG

Shuningdek o’qing

Shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazdik
25 may 2023
Birinchi Korzinka Biznes do'konini ochdik
16 fevral 2023
Eng yaxshi CEO
31 dekabr 2022