Bukhara Night Race done!

20 sentyabr 2022

17-sentabr kuni Buxoroda “Samarqand marafoni” xayriya marafonlari turkumiga kiruvchi “Bukhara Night Race” birinchi xalqaro tungi marafoni boʻlib oʻtdi. Musobaqa qadimgi Buxoroning timsoli va ko‘chalaridan o‘tuvchi yoritilgan yo‘lda o‘tkazildi. Tadbir doirasida mehmonlar va ishtirokchilar uchun madaniy dastur tashkil etilib, yorqin konsert dasturi bilan yakunlandi.

2022-yilgi ushbu marafondan maqsad muzeylarni ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan odamlar uchun moslashtirishdan iborat. Yig‘ilgan mablag‘ga audiogidlar, taktil rasmlar va zarur jihozlar xarid qilinadi.

An'anaga ko'ra, Korzinka marafonning rasmiy hamkori sifatida ishtirok etdi va ishtirokchilarni finishda oziq-ovqat bilan ta'minladi. Korzinkadan maxsus taklif etilgan sozandalar va quvnoqlar nog'ora va doira sadolari bilan yuguruvchilarni qo'llab-quvvatladilar.

Marafonda #teamkorzinka jamoasidan 45 nafar xodim ishtirok etdi, ular orasida top-menejerlar ham, do'kon xodimlari ham bor. Bu musobaqada biz eng ko'p ishtirokchilari bor jamoalardan biri bo'ldik.

Hamkasblarimizni finish bilan tabriklaymiz va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz. Tadbirni tashkil etishda yordam bergan hamkasblarimizga: tijorat bo‘limi, xususiy brend, ta’minot zanjiri bo‘limi, distribyutorlik markazi, operativ boshqaruv, “Buxoro-1” va “Buxoro-2” do‘konlari menejerlari, kadrlar va marketing bo‘limiga alohida rahmat.

photo_2022-09-18_00-24-17.jpg

Shuningdek o’qing

Shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazdik
25 may 2023
Do'kon menejerlari uchun timbilding o'tkazildi
21 fevral 2023
Birinchi Korzinka Biznes do'konini ochdik
16 fevral 2023