Eng yaxshi CEO

31 dekabr 2022

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov PwC kompaniyasining 25-yillik bosh direktorlar so‘rovi natijalariga ko‘ra O‘zbekistonning 2022-yildagi eng yaxshi bosh direktori deb topildi.

Qayd etilishicha, tanlov tadqiqot ishtirokchilarining ko‘pchiligi – O‘zbekistondagi xususiy biznes rahbarlarining fikri asosida qilingan. Ular uning yuqori kasbiy mahorati, jadal o‘zgarib borayotgan jahon tendensiyalariga moslasha olishi, bozorga o‘z vaqtida mos va talabga ega bo‘lgan tovar va xizmatlarni joriy eta olishi, shuningdek, iste’molchilar ishonchining yuqori ekanligini alohida ta’kidladilar.

Har yili PwC yirik kompaniyalar rahbarlarining global so'rovini o'tkazadi - CEO Survey. 25 yildan beri davom etayotgan tadqiqotning maqsadi biznes rahbarlari tomonidan muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ta’sir etuvchi jahon iqtisodiyotidagi asosiy tendentsiya va qonuniyatlarni aniqlashdan iborat. Bu yil PwC loyihasida 89 mamlakatdan 4446 nafar xususiy biznes yetakchilari ishtirok etdi. CEO Surveyning oʻzbekcha nashrini tayyorlash uchun xususiy kompaniyalarning 35 nafar rahbar xodimlari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi.

Shuningdek o’qing

Shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazdik
25 may 2023
Do'kon menejerlari uchun timbilding o'tkazildi
21 fevral 2023
Birinchi Korzinka Biznes do'konini ochdik
16 fevral 2023