#teamkorzinka Zaamin ultrada

31 may 2022

2022-yil 29-may kuni Zaamin Ultra xalqaro marafon bo'lib o'tdi. Yugurish marafoni dengiz sathidan 2500 metr balandlikda, O‘zbekistonning eng go'zal manzarali tabiat qo'ynida o'tkazildi. Marafon doirasida Korzinka tematik hamkor sifatida ishtirok etib va barcha ishtirokchlarni oziq-ovqat bilan ta'minladi.

Oziq-ovqat shoxobchalarida “Korzinka” vakillari ishtirokchilarni baraban va doira sadolari bilan qo‘llab-quvvatladilar, quvnoq shiorlar esa ishtirokchilarni tezroq yugurish uchun taslim bo‘lmaslikka undadi.

Marafonda #teamkorzinka jamoasidan 25 nafar xodim ishtirok etdi: top-menejerlardan tortib oddiy xodimlargacha. Biz ushbu sport tadbirida eng yorqin jamoalardan biri bo'ldik. Barcha xodimlarga tematik mahsulotlar to'plami berildi va bu 2 kun davomida bo’lgan voqealar bizning xotiramizda unutilmas taassurotlar bilan muhrlanib qoldi, ko'plab go'zal joylarni ko'rdik. Hamkasblarimizni va barcha ishtirokchilarni g’alaba bilan tabriklaymiz. Sport – bizni birlashtiradi.

Shuningdek o’qing

Shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazdik
25 may 2023
Do'kon menejerlari uchun timbilding o'tkazildi
21 fevral 2023
Birinchi Korzinka Biznes do'konini ochdik
16 fevral 2023