Korzinkada ishlash — o‘xshagan ish demak

Korzinka- a'zolari umumiy maqsad bilan birlashgan oila. Biz taom tayyorlash jarayonini ish bilan taqqosladik, vazifalarni a’lo darajada bajarish va bunda ularga qadriyatlar yordam berishi kerak. Taomga qo’shiladigan ingredientlar singari, ular Korzinkadagi ish jarayonlariga to'g'ri qo'shilishi kerak.
Qadriyatlar xodimlar o'z ishlarida tayanadigan asosiy tamoyillardir. Korzinkada ular beshta: Mijozlar ta’bini topish, Ilg’orlik, Daxldorlik, Shaffoflik, Yangilikka intilish. Biz ishimizni taom tayyorlash bilan bog’lab, qadriyatlarni esa taomga qo’shiladigan ziravorlar deb “O’xshagan ish” degan katta loyihani boshladik.
Bizning tushunishimizcha, "O’xshagan ish" deganda shunday ish tushuniladiki, uning natijasi barcha mijozlarning tabiga hush keladi.
Har bir qadriyatga biz taom tayyorlash bilan bog'liq aniq tasvirni qo'shdik:
Mijozlar ta’bini topish - xushbo’y ziravorlar
Ilg‘orlik - oshpazlik qalpog’i
Daxldorlik - alanga
Shaffoflik – toza buloq suvi
Yangilikka intilish – ekzotik souslar
Keyinchalik, biz xodimlarni oshpaz bo'lishga va ularning ishlariga qimmatli ingredientlarni qo'shishni o'rganishni taklif qildik. Uch oy davomida xodimlar qadriyatlar bilan o'yin tarzda tanishib, ularning asl ma'nosini chuqur o’rganib, foydali materiallar bilan tanishib, topshiriqlarni bajarishdi. Biz o'nlab o'quv materiallari va videoma'ruzalarni yaratdik, 20 dan ortiq tanlov va viktorinalar o'tkazdik, xodimlarning o'zlari esa o'z ishlari uchun eng yaxshi retseptlar bilan o'rtoqlashdilar. Xodimlar 3 oy davom etgan loyiha yakunida super sovrinlar uchun kurashib, har bir faoliyat uchun ball olishdi. 2022 yil may oyida biz loyihaning faol bosqichini yakunladik. Tantanali tadbirda natijalar sarhisob qilinib, korxona bosh rahbari eng faol o‘n nafar xodimni super mukofotlar bilan taqdirladi. Asosiy sovrin avtomobil, tarmoqimizning Keles do'konidagi oddiy sotuvchisiga nasib etdi. Shuningdek, o‘ttiz nafar eng faol xodimlarga loyiha ramzlari tushirilgan tovar to‘plamlarini topshirdik.